Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilandi

Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilandi

Portativ lazerli nur tarqatgichlarning qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, portativ lazerli nur tarqatgichlardan qonunga xilof ravishda foydalanish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekistondan olib chiqish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

Portativ lazerli nur tarqatgichlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekistonga olib kirish, –

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

Shuningdek, ushbu Qonun bilan mahalla huquq-tartibot maskanlari hamda tayanch punktlarining tarkibi, ularda xizmat qiluvchi inspektorlarning vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling