O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Pokiston Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini rasman qoʻllab-quvvatladi

Dilafro'z Niyazova · 07.12.2024 · 21:08 · 1542 views
Pokiston Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini rasman qoʻllab-quvvatladi
Pokiston Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishini rasman qoʻllab-quvvatladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekistonning Pokistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalarida faol muloqot olib bormoqda.

2-dekabr kuni Pokiston savdo vaziri Jam Kamol Xon bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda Pokiston Oʻzbekistonning Jahon Savdo Tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlishini qoʻllab-quvvatlashi tasdiqlandi.

6-dekabr kuni Jenevada ushbu masala boʻyicha memorandum Oʻzbekiston Prezidentining JST masalalari boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov va Pokistonning JSTdagi doimiy vakili Ali Sarfraz Husayn tomonidan imzolandi.