O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” va Baku Steel Company quvur mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilishdi

UzDaily · 19.06.2026 · 17:25 · 33 views
“Oʻzbekneftgaz” va Baku Steel Company quvur mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va Baku Steel Company quvur mahsulotlarini yetkazib berishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug’ani Sanginov Ozarbayjonning yirik metallurgiya korxonalaridan biri — “Baku Steel Company”ning bosh direktori Kamal Ibragimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stona hamda strategik sheriklik munosabatlari alohida ta’kidlandi. Tomonlar ilgari Boku shahrida o‘tkazilgan uchrashuv yakunlari va uning doirasida “Baku Steel Company” tomonidan taqdim etilgan quvur mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha tijorat taklifini ko‘rib chiqdilar.

Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” AJ “Baku Steel Company” bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning boshqa istiqbolli yo‘nalishlarini o‘rganish va yangi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga qiziqish bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ochiq va konstruktiv muloqotni davom ettirish, istiqbolli hamkorlik imkoniyatlarini izlash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi sanoat aloqalarini yanada mustahkamlash muhimligini ta’kidladilar.

UzDaily · 👁 33 views · 19.06.2026 · 17:25