O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“Oʻzbekneftgaz” va AKA Bank quyosh energiyasini moliyalashtirishni muhokama qilishdi

UzDaily · 20.06.2026 · 22:05 · 27 views
“Oʻzbekneftgaz” va AKA Bank quyosh energiyasini moliyalashtirishni muhokama qilishdi

“Oʻzbekneftgaz” va AKA Bank quyosh energiyasini moliyalashtirishni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari va AKA Bank rahbariyati o‘rtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, xususan, quyosh energetikasi loyihalarini moliyalashtirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida quyosh elektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirish imkoniyatlari, xalqaro moliyaviy instrumentlarni jalb etish mexanizmlari hamda zamonaviy quyosh panellari va uskunalarini yetkazib beruvchi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida AKA Bank tomonidan loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki takliflarni taqdim etish, shuningdek, amaldagi moliyalashtirish dasturlari doirasida hamkorlik qilish mumkin bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar ro‘yxatini yuborish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi istiqbolli loyihalarni birgalikda rivojlantirish va hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

UzDaily · 👁 27 views · 20.06.2026 · 22:05