Oʻzbekistonga 24 kg giyohvand moddalar importi toʻxtatildi

Oʻzbekistonga 24 kg giyohvand moddalar importi toʻxtatildi

Oʻzbekistonga 24 kg giyohvand moddalar importi toʻxtatildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida qo‘shni davlatdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan katta miqdordagi narkotik modda to‘xtatib qolindi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1973 y.t., muqaddam narkojinoyat sodir etganligi uchun sudlangan shaxs o‘zining qirg‘izistonlik tanishlari tomonidan Xo‘jaobod tumanidagi xufiya joyga yashirib ketilgan 24 kg 475 gr “gashish” moddasini qabul qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi hamda 25,273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ўтказиш...) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Tergov harakatlari doirasida uni jinoiy sheriklarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling