Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida protokol imzolandi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida protokol imzolandi

Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisida protokol imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Shu yilning 15-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov hamda XXR Tijorat vaziri o‘rinbosari Lin Szi hamraisligida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitaning 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar o‘zaro savdo ko‘lamini kengaytirish, investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, transport-logistika sohasidagi sheriklik hamda "Xitoy – Markaziy Osiyo" formatidagi hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi jadal o‘sib borayotgani, xususan, 2025-yil yakunlari bo‘yicha bu ko‘rsatkich 17,8 milliard dollarni tashkil etgani, 2026-yilning birinchi choragida esa yana 53,4 foizga oshgani alohida e’tirof etildi.

Temir yo‘l tashuvlarini rivojlantirish hamda O‘zbekistonning mintaqadagi muhim logistika markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat qaratildi. Shuningdek, qo‘shma loyihalarga Xitoy moliya institutlarini jalb etish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda innovatsion yondashuvlarni joriy qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat davomida joriy yilning 5-6-may kunlari Gonkongda o‘tkazilishi rejalashtirilgan biznes-forum hamda 20-22-may kunlari Sian shahrida bo‘lib o‘tadigan Uchinchi hududlararo forumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi. Tadbir yakunida Hukumatlararo komissiya doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha tegishli Protokol imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling