O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va O‘mon hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 12.05.2026 · 17:38 · 563 views
Oʻzbekiston va O‘mon hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va O‘mon hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 11-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev O‘mon Sultonligining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vafo al-Busaidiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, o‘zaro manfaatli bo‘lgan dolzarb mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.