O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar

Dilafro'z Niyazova · 11.12.2025 · 22:20 · 1334 views
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar
Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari muzokara oʻtkazdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-dekabr kuni Ashxobod shahriga kelgach, Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston yetakchisini tarixiy sana – doimiy betaraflikning o‘ttiz yilligi bilan samimiy tabrikladi hamda ushbu muhim voqeaga bag‘ishlab ertaga o‘tkaziladigan xalqaro forum ishiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat davomida Oʻzbekiston – Turkmaniston strategik sheriklik, doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini, birinchi navbatda, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yanada kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻzbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham koʻrib chiqdilar.