Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yilda Toshkent shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida 100 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi, yaʼni jamoat hojatxonasi ochiladi. Tegishli qarorni Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov 2026 yil 5 oktyabrda imzoladi (№ 501-14-0-Q/26).
Shoxobchalar zamonaviy loyihalar asosida va soddalashtirilgan tartibda barpo etiladi. Ular markaziy va sayyohlik ko‘chalari, xiyobonlar, shuningdek, poytaxt aholisi va mehmonlari tashrif buyuradigan obyektlar yaqinida joylashtiriladi.
Shoxobchalarni tashkil etish 2026 yil 27 iyuldagi «2026–2027 yillarda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-279-son Prezident qarorida nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, shoxobchalarni joylashtirish uchun zarur bo‘lgan topografik ishlarga 140,4 mln so‘m ajratiladi. Mablag‘lar hokimlik huzuridagi Toshkent shaharni rivojlantirish jamg‘armasidan yo‘naltiriladi. Ushbu mablag‘larni qurilishda muhandislik izlanishlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyiha instituti MCHJ oladi.
Toshkent shahar hokimi o‘rinbosarlari D. Xudaybergenov va A. Shovkatovga, shuningdek, B. Shakirov rahbarligidagi «Toshkent Invest kompaniyasi» AJga «Toshkent Invest kompaniyasi» AJ kuzatuv kengashiga tegishli taklif kiritish topshirildi.
«Toshkent Invest kompaniyasi» AJ mablag‘larni maqsadli sarflash uchun masʼul hisoblanadi.