Toşkent, Özbekiston (UzDaily.uz) — Namangan aeroportida Hindistonga yöl olayotgan yölovçining bagajidan törtta qölbola oltin quyma va zargarlik buyumlari aniqlandi. Ularning qiymati 108,54 million sömga baholangan. Bu haqda Özbekiston bojxona xizmati xabar berdi.
Holat «Namangan aeroporti» çegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati aviatsiya xavfsizligi vakillari hamda çegara qöşinlari harbiy xizmatçilari bilan hamkorlikda aniqlangan.
Yölovçi Namangan — Dehli yönalişi böyiça parvoz qilişni rejalaştirgan. Bagajni tekşiriş vaqtida xodimlarning e’tiborini mayiz va yonğoq aralaşmasi solingan paket tortgan. Sinçkovlik bilan ötkazilgan qöşimça tekşiruv davomida paket içidan törtta qölbola oltin quyma va zargarlik buyumlari topilgan.
Aniqlangan buyumlarning umumiy oğirligi 90,45 grammni taşkil etgan. Ularning qiymati 108 million 540 ming sömga baholangan.
Holat yuzasidan tekşiruv olib borilmoqda.
Bojxona xizmati qimmatbaho metallar va zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yaşirgan holda yoki belgilangan tartibni buzib olib ötiş qonunçilikka muvofiq javobgarlikka sabab bölişini eslatdi.