O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Shri-Lanka oʻrtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 11:10 · 37 views
Oʻzbekiston va Shri-Lanka oʻrtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston va Shri-Lanka oʻrtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 9-iyul kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Shri-Lanka tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi davrasi o‘tkazildi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev hamda Shri-Lanka tashqi ishlar, xorijda bandlik va turizm vazirining birinchi o‘rinbosari Aruni Ranaraja rahbarlik qildi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston bilan Shri-Lanka o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati hamda ularni yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Asosiy e’tibor iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga qaratilib, o‘zaro tashqi savdo hajmini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ishlab chiqishga kelishildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O‘zaro maslahatlushuvlar o‘tkazish mexanizmini joriy qilish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumi imzolandi.