O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Serbiya Belgrad va Toshkentda savdo uylarini tashkil etadi

UzDaily · 20.06.2026 · 23:25 · 32 views
Oʻzbekiston va Serbiya Belgrad va Toshkentda savdo uylarini tashkil etadi

Oʻzbekiston va Serbiya Belgrad va Toshkentda savdo uylarini tashkil etadi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — TIIF-2026 xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Serbiya Xalqaro iqtisodiy aloqalar vaziri Nenad Popovich o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni yanada jadallashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Bunda asosiy e’tibor Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishiga hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma biznes-forumga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayonlariga qaratildi.

Muzokaralar davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha aniq choralar, jumladan, ikki mamlakat poytaxtlarida savdo uylarini tashkil etish hamda tashqi bozorlarda eksport salohiyatini keng targ‘ib qilish masalalari belgilab olindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston kompaniyalarining Serbiyada o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rgazma loyihalarida ishtirok etish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda farmatsevtika tarmog‘idagi qo‘shma loyihalar, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish masalalariga alohida ahamiyat berildi.

UzDaily · 👁 32 views · 20.06.2026 · 23:25