Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni mehnat sohasidagi hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Saudiyadagi elchixonasi masʼullaridan iborat delegatsiya Saudiya Arabistoni Podshohligida hamyurtlarimizni qonuniy va tizimli ishga joylashtirish masalalari bo‘yicha qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni Inson resurslari va ijtimoiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Ahmad Al-Sharqiy bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda mehnat bozorining yangi strategiyasi, xorijiy ishchi kuchini jalb qilishning zamonaviy mexanizmlari hamda mehnat vizalarini malaka darajalari bo‘yicha (boshlang‘ich, o‘rta, yuqori) ajratish tizimi joriy etilgani maʼlum qilindi.

Uchrashuv yakunida Migratsiya agentligi va Saudiya Arabistoni Mehnat vazirligi o‘rtasida qo‘shma ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Tomonlar shuningdek, tibbiyot, qurilish, turizm va muhandislik kabi sohalarda xalqaro standartlarga muvofiq O‘zbekistonda mutaxassislarni tayyorlash choralari to‘g‘risida kelishib oldilar.

Hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari nomzodlar uchun malaka imtihonlarini tashkil etish va ularni Saudiya Arabistonida ishga joylashtirishning tizimli mexanizmini joriy etishni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Saudiya Arabistonida xorijiy ishchi kuchini jalb qilish va ish beruvchilarni kadrlar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan KDOT rekruting tashkiloti hamda yirik ish beruvchilar bilan yuqori talabga ega kasblar bo‘yicha maqsadli taʼlim va kasbiy tayyorgarlik dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling