O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Rossiya sut sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 24.06.2026 · 11:35 · 35 views
Oʻzbekiston va Rossiya sut sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Rossiya sut sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov Rossiya Federatsiyasining "Logika Moloka" kompaniyasi ijrochi direktori Aleksandr Tarasov bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekistonning sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlash sohasidagi korxonalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, "Logika Moloka" kompaniyasining mahalliy sut ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar bilan hamkorlik qilish imkoniyatlari, shuningdek, bunday hamkorlikning turli formatlari yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar mahalliy korxonalar quvvatlarida mahsulot ishlab chiqarish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda boshqa sheriklik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuvda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan sutni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari, qadoqlash imkoniyatlari, mavjud brendlari, eksport salohiyati va kelgusidagi rivojlanish rejalari haqida ham ma’lumot almashildi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston sutchilik tarmog‘iga ilg‘or tajriba va investitsiyalarni jalb qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi agrosanoat hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

UzDaily tahririyati · 👁 35 views · 24.06.2026 · 11:35