O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda uchrashdilar

Dilafro'z Niyazova · 11.04.2026 · 14:47 · 653 views
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda uchrashdilar
Oʻzbekiston va Qozogʻiston Prezidentlari Buxoroda uchrashdilar  

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.

Oliy martabali mehmonni Buxoro xalqaro aeroportida davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qoʻshiq va raqslardan iborat tantanali kutib olish marosimi boʻldi. Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi va faxriy qorovul saf tortdi. 

Bugun yetakchilar ikki tomonlama muzokara oʻtkazadilar. Shuningdek, Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish hamda boshqa tadbirlar rejalashtirilgan.