Oʻzbekiston va Qirgʻiziston munosabatlari ittifoqchilik darajasiga koʻtarildi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani imzoladilar.
Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi boʻldi. Shu jumladan:
– Oʻzbekiston – Qirgʻiziston davlat chegarasining uchastkalari toʻgʻrisida shartnoma;
– “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish toʻgʻrisida bitim;
– Davlat ijtimoiy sugʻurtasi va pensiya taʼminoti toʻgʻrisida bitim;
– Oliy taʼlim sohasidagi kreditlarni oʻzaro tan olish toʻgʻrisida bitim;
– Davlat chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida bayonnoma;
– Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketishlari toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitimga bayonnoma;
– Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl viloyati hududida joylashgan kurort-rekreatsiya xoʻjaligi obyektlari toʻgʻrisidagi bitimga bayonnoma;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan madaniyat sohasidagi tadbirlar rejasi;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan turizm sohasidagi qoʻshma harakatlar rejasi;
– Qirgʻiz Respublikasi Issiqkoʻl viloyati Ton tumanida joylashgan “Boʻston” pansionati toʻgʻrisida shartnoma;
– 2026-2027-yillarga moʻljallangan agrosanoat majmuasi sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejasi.