O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Moliya

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston moliyaviy hamkorlikni kengaytiradi

UzDaily tahririyati · 01.07.2026 · 12:00 · 25 views
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston moliyaviy hamkorlikni kengaytiradi

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston moliyaviy hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 

Joriy yilning 30-iyun kuni Qirg‘iz Respublikasi Moliya vaziri Ruslan Suynaliyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda tomonlar ikki mamlakat rahbarlarining do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro ishonchga asoslangan siyosiy irodasi natijasida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib, moliya sohasidagi aloqalarni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar shakllanayotganini ta’kidladilar.
Xususan, muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash hamda amaliy sheriklik yo‘nalishlarini kengaytirish masalalari muhokama qildi.

Jumladan, moliya sohasida muntazam muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ushbu yo‘nalishda institutsional tajriba almashish masalalariga e’tibor qaratdi.

Xususan, muhokamalarda bilim va tajriba almashinuvi, jumladan, mutaxassislar o‘rtasida maslahatlashuvlar tashkil etish, seminar va o‘quv dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, muntazam maslahatlashuvlarni davom ettirish hamda o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda amaliy aloqalarni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.