O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Qatar harbiy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar

UzDaily · 22.05.2026 · 12:15 · 522 views
Oʻzbekiston va Qatar harbiy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar
Oʻzbekiston va Qatar harbiy hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Shuxrat Xalmuxamedov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qatar davlatining Doha shahriga rasmiy tashrif bilan bordi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Shuxrat Xalmuxamedov, Qatar Bosh vazir oʻrinbosari va mudofaa ishlari boʻyicha davlat vaziri Shayx Saud bin Abdulrahmon bin Hassan Al Tani bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida mintaqadagi xavfsizlik sohasidagi soʻnggi oʻzgarishlar va yangiliklar koʻrib chiqildi, mavjud sharoitlar hisobga olingan holda harbiy hamkorlik va qoʻshma muvofiqlashtirish jihatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Qatar o‘rtasida harbiy hamkorlik boʻyicha oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.