O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Pokiston farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

UzDaily tahririyati · 10.07.2026 · 10:30 · 32 views
Oʻzbekiston va Pokiston farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Pokiston farmatsevtika sanoati sohasidagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Pokiston Islom Respublikasidan kelgan tadbirkorlar va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga mamlakatimizda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar hamda "BioPharma City" innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Agentlik faoliyati, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, texnologiyalar transferi va eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar bilan tanishtirildi.

Muzokaralar davomida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, texnologiyalar transferi hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.