O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 27.02.2026 · 12:00 · 706 views
Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Paragvay konchilik va geologiya sohalaridagi hamkorlikni muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari U. Yusupov Paragvay Respublikasi Prezidenti Santyago Penya bilan Asunsyon shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi uchrashuvida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tog‘-kon va geologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari, qo‘shma geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish istiqbollari, shuningdek, kritik minerallarni o‘rganish va o‘zlashtirish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar geologiya va yer qa’ridan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, hamda ikki mamlakatning tegishli idoralari va ixtisoslashgan kompaniyalari o‘rtasida amaliy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashdilar.