O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi

Dilafro'z Niyazova · 12.08.2026 · 13:33 · 22 views
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi
Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻzaro munosabatlarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi / Foto: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov Ozarbayjon Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Rashad Mamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy va yuqori darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.