O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va KIND infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

UzDaily · 17.06.2026 · 16:45 · 36 views
Oʻzbekiston va KIND infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

Oʻzbekiston va KIND infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni tezlashtiradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15-iyun kuni transport vaziri Ilhom Maxkamov Koreya Respublikasining xorijiy infratuzilma va shaharsozlikni rivojlantirish korporatsiyasi (KIND) prezidenti va bosh ijrochi direktori Kim Bok-Xvan boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, ularning joriy holati va kelgusida bajariladigan ishlar muhokama qilindi.Xususan, transport vaziri Koreya hukumati tomonidan “Aqlli aeroport shaharchasi” master rejasini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlov uchun alohida minnatdorchilik bildirdi.

Shu bilan birga, mazkur loyiha bugungi kunda juda dolzarb ekanligi, master rejani to‘g‘ri ishlab chiqish, rivojlantirish yo‘nalishlarini aniq belgilash hamda unda Koreya shaharsozligi tajribasini qo‘llash orqali yirik transport infratuzilmasini barpo etish uchun zamin yaratilishi ta’kidlab o‘tildi. 

Shuningdek, uchrashuvda Yangi Toshkent xalqaro aeroportini barpo etish loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama etildi. 

Uchrashuv yakunida, tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarni jadallashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi yuzasidan kelishib olindi.

UzDaily · 👁 36 views · 17.06.2026 · 16:45