Oʻzbekiston va JICA 2,9 milliard dollarlik loyiha dasturini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va JICA 2,9 milliard dollarlik loyiha dasturini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va JICA 2,9 milliard dollarlik loyiha dasturini muhokama qilishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 21-may kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov JICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi rahbari Mamoru Sakai hamda ushbu lavozimda faoliyatini yakunlayotgan Bito Yoshibumi bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida JICA mamlakatimizning strategik hamkorlaridan biri sifatida energetika, transport, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va infratuzilma sohalaridagi loyihalarni hayotga tatbiq etishda g‘oyat muhim o‘rin tutishi alohida ta’kidlandi.

Hozirgi vaqtda agentlik bilan birgalikda umumiy qiymati 2,9 milliard dollarga teng bo‘lgan 17 ta istiqbolli loyihani qamrab oluvchi uzoq muddatli dastur ustida qizg‘in ish olib borilmoqda.

Suhbat davomida, shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish, “Bir hudud - bir mahsulot” tashabbusi, V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida imzolanadigan yangi bitimlarni tayyorlash hamda STEM-ta’lim sohasidagi hamkorlik, jumladan, Yaponiya oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda laboratoriyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Laziz Kudratov janob Bito Yoshibumiga O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi hamda janob Mamoru Sakayni JICA agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari etib tayinglangani munosabati bilan qizg‘in qutladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling