Oʻzbekiston va Gonkong iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarmoqda

Oʻzbekiston va Gonkong iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarmoqda

Oʻzbekiston va Gonkong iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga koʻtarmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston-Xitoy (Gonkong) iqtisodiy forumi hamda ilk bor tashkil etilgan “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasining tantanali ochilishi bo‘ldi.

Tadbirda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va Gonkong maʼmuriyati rahbari Jon Li ishtirok etib, ikki hudud o‘rtasidagi savdo-investitsiya aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish vaqti kelganini taʼkidladilar.

Forum va ko‘rgazmada Savdo-sanoat palatasi boshchiligida O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan 200 nafardan ortiq yetakchi tadbirkor va ishbilarmonlar ishtirok etmoqda. Bu esa o‘zbek biznesining tashqi bozorlarga, xususan, global moliya markazi hisoblangan Gonkongga bo‘lgan katta qiziqishidan dalolat beradi.

Ko‘rgazma doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarini qamrab oluvchi 9 ta tematik stend tashkil etildi. Jumladan, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm va ipak mahsulotlari, geologiya va konchilik, kimyo sanoati, farmatsevtika, hunarmandchilik, zargarlik va turizm yo‘nalishlari namoyish qilinmoqda.

Shuningdek, ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlar uchun milliy osh hamda o‘zbek taomlari tortiq etildi. Bu esa tadbirga yana-da samimiy va bayramona ruh bag‘ishladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling