O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi ikki tomonlama bitimni imzoladilar

UzDaily · 16.12.2025 · 22:01 · 1951 views
Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi ikki tomonlama bitimni imzoladilar

Oʻzbekiston va Belgiya migratsiya sohasidagi hamkorlik boʻyicha birinchi ikki tomonlama bitimni imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Migratsiya agentligi hamda Belgiya Qirolligi Ichki ishlar federal xizmatining Immigratsiya idorasi o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlar tarixida birinchi kelishuv hujjati imzolandi.

Belgiyaning markaziy migratsiya organi hisoblanadigan Immigratsiya idorasi — mamlakatga kirish, yashash, ruxsatnomalar berish va xalqaro himoya masalalari bo‘yicha qaror qabul qiluvchi asosiy tuzilmadir.

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

Belgiyada O‘zbekiston fuqarolari uchun qonuniy mehnat imkoniyatlarini kengaytirish;

Milliy migratsiya boshqaruv tizimiga Yevropa standartlarini joriy etish;

Belgiya tajribasi asosida o‘quv dasturlarini O‘zbekistonda amalga oshirish;

Migratsiya jarayonlarining shaffofligi va samaradorligini oshirish maqsadida ikki idora o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish.

UzDaily · 👁 1951 views · 16.12.2025 · 22:01