O‘zbekiston

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar

Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
Oʻzbekiston va Belarus yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar / Foto: Oʻzbekiston Prezidenti matbuot xizmati.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko oʻrtasida telefon orqali muloqot boʻlib oʻtdi.

Suhbat avvalida Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, tuganmas kuch-gʻayrat, davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.

Oʻzbekiston – Belarus strategik sheriklik munosabatlarini Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 8-9-iyul kunlari Minsk shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifida erishilgan kelishuvlarni bajarish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Turli darajalarda samarali muloqotlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda. Ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Faol tus olgan hududlararo hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.