O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va Ajinomoto MSG ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi

UzDaily · 18.06.2026 · 21:50 · 38 views
Oʻzbekiston va Ajinomoto MSG ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va Ajinomoto MSG ishlab chiqarish loyihasini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Yaponiyaning “Ajinomoto” kompaniyasi vakillagi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda yuqori sifatli ozuqaviy qo‘shimchalar ishlab chiqarish, xususan MSG (mononatriy glutamat) ishlab chiqarish va qadoqlash korxonasini tashkil etish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, kompaniya tomonidan 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “Uzbekistan Umami Month (UUM)” tadbirining konsepsiyasi va tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Tadbir doirasida MSG va “Ajinomoto” mahsulotlarining xavfsizligi hamda afzalliklari bo‘yicha ilmiy-amaliy seminarlar, mahsulot taqdimotlari va oshpazlar uchun mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida vazirlik tomonidan mazkur loyiha va tadbirlarni amalga oshirish jarayonida zarur maslahatlar berish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanligi bildirildi. Tomonlar oziq-ovqat sanoati yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirish va yangi investitsiya loyihalarini ilgari surish yuzasidan kelishib oldilar.

UzDaily · 👁 38 views · 18.06.2026 · 21:50