O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston va AD Ports Group logistika loyihalarini muhokama qilishdi

UzDaily · 16.06.2026 · 12:00 · 21 views
Oʻzbekiston va AD Ports Group logistika loyihalarini muhokama qilishdi

Oʻzbekiston va AD Ports Group logistika loyihalarini muhokama qilishdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 15-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov AD Ports Group logistika klasteri raisi Faruk Al Ziyer boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot chogʻida tomonlar savdo va logistika sohalarini raqamlashtirish, shuningdek, Oʻzbekistonda zamonaviy transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda savdo tartib-taomillarini soddalashtirish, yuk oqimi shaffofligini oshirish hamda bojxona, transport, soliq va logistika jarayonlarini oʻzaro integratsiya qilishga qaratilgan raqamli platformani yaratish tashabbusiga alohida eʼtibor qaratildi.

Shu bilan birga, tomonlar quruqlikdagi portlar, logistika xablari, erkin iqtisodiy zonalar va xalqaro transport yoʻlaklari uchun eng qulay joylarni belgilashda maʼlumotlar tahlilidan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Muzokaralar yakunida tomonlar Oʻzbekistonning mintaqaviy savdo-logistika xabi sifatidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan loyihalar boʻyicha amaliy hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

UzDaily · 👁 21 views · 16.06.2026 · 12:00