O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston TIIF-2026 da turizmni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar paketini imzoladi

UzDaily · 19.06.2026 · 12:50 · 37 views
Oʻzbekiston TIIF-2026 da turizmni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar paketini imzoladi

Oʻzbekiston TIIF-2026 da turizmni rivojlantirish boʻyicha kelishuvlar paketini imzoladi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov O‘zbekistonga mehmonxona obyektlarini boshqarish istiqbollarini o‘rganish maqsadida tashrif buyurgan Xitoyning mehmonxona va turizm kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Tashrif davomida delegatsiya Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi qator mehmonxonalar faoliyati bilan tanishdi hamda mamlakatning turizm va mehmonxona infratuzilmasi yuzasidan o‘tkazilgan tahlil natijalarini taqdim etdi.

Xitoy kompaniyalari tomonidan O‘zbekistonda mehmonxona loyihalarini rivojlantirish, shuningdek, Markaziy Osiyo bozorida faoliyat yuritish uchun Toshkent shahrida o‘z mintaqaviy vakolatxonalarini ochishga qiziqish bildirildi.

Uchrashuvda dunyoning ikkinchi yirik mehmonxona operatori hisoblangan “Jin Jiang International” kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

UzDaily · 👁 37 views · 19.06.2026 · 12:50