Oʻzbekiston Suriyaga Premier uskunalarini eksport qilishni boshladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Suriya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va mahsulotlarni yangi bozorlarga olib chiqish bo‘yicha turli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, yurtimizdan Halab shahriga mahalliy elektrotexnika vositalarini eksport qilish bo‘yicha hamkorlik kelishuvlari mavjud. Mazkur sheriklik aloqalarini rivojlantirish maqsadida joriy yilning iyun oyida elchixona tomonidan Suriyaning “Kalash Trading” kompaniyasi rahbari Ahmad Kalashning Toshkent shahriga tashrifi tashkil etildi.
O‘tkazilgan muzokaralarda Toshkent viloyatidagi “Premier Electrotech” qo‘shma korxonasi va Suriya kompaniyasi o‘rtasida umumiy qiymati 5 million AQSH dollariga teng bo‘lgan eksport shartnomasi imzolandi.
Shuningdek o'qing
1Belarusda Namangan viloyati savdo uylari ochildi›
2O‘zbekiston eksportchilari uchun Shanxay va Urumchi shaharlarida biznes-missiyalar tashkil etildi›
3O‘zbekiston 57 ta mamlakatga mayiz yetkazib bermoqda›
4“BMB SHIFO” AQShga asal eksport qilish uchun FDA ruxsatnomasini qo‘lga kiritdi›
5Chexiya kompaniyasi O‘zbekistondan muzlatilgan meva mahsulotlarini xarid qilmoqchi›
Ikki tomonlama kelishuv doirasida iyul oyida “Premier” brendi ostida ishlab chiqarilgan konditsioner, muzlatgich va kir yuvish mashinalaridan iborat ilk partiya yuk avtomobillarida Suriyaning Halab shahriga muvaffaqiyatli yetkazib berildi.
Eʼtiborlisi, ushbu eksport yuklari Turkmaniston, Eron, Ozarbayjon va Turkiya hududlari orqali o‘tuvchi muqobil tranzit koridori bo‘ylab 20 kun muddatda o‘z manziliga yetib bordi.