O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
Turizm

O‘zbekistonliklar 2026 yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi

Dilafro'z Niyazova · 18.08.2026 · 12:20 · 7 views
O‘zbekistonliklar 2026 yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi
O‘zbekistonliklar 2026 yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi / Foto: UzDaily.

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — 2026 yil yanvar–iyul oylarida 4,4 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turizm maqsadida xorijga chiqqan.

O‘tgan yilning mos davriga nisbatan bunday safarlar soni 45,6 ming kishiga oshgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston fuqarolari orasida eng mashhur yo‘nalish Qirg‘iziston Respublikasi bo‘lgan. 2026 yilning yetti oyida u yerga 1 981 542 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan. Ikkinchi o‘rinni Qozog‘iston egallagan — mamlakatga 805 437 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurgan.

Uchinchi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan — 744 974 nafar kishi. Shu davrda Rossiyaga 222 605 nafar O‘zbekiston fuqarosi chiqqan.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan beshta davlat qatorida Saudiya Arabistoni ham bor. U yerga 167 337 nafar kishi yo‘l olgan. Turkiyaga esa deyarli shuncha — 166 893 nafar O‘zbekiston fuqarosi borgan.

Reytingda keyingi o‘rinlarni Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Misr va Vyetnam egallagan. BAAga 47 020 nafar, Xitoyga 43 581 nafar, Misrga 32 470 nafar, Vyetnamga esa 28 224 nafar O‘zbekiston fuqarosi tashrif buyurgan.

Shunday qilib, O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p tashrif buyurgan dastlabki o‘nta davlat qatoriga asosan Markaziy Osiyo mamlakatlari, shuningdek, Rossiya, Yaqin Sharq davlatlari va Osiyoning mashhur sayyohlik yo‘nalishlari kirgan.