Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʻladi
Oʻzbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Belarusda boʻladi
Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 8-9-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Minsk shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Oʻzbekiston – Belarus koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqiladi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida kooperatsiyani rivojlantirish masalalari diqqat markazida boʻladi.
Madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Sammit yakunida ustuvor yoʻnalishlarga doir ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joizki, tashrif arafasida Minsk shahrida ikki mamlakat hududlari delegatsiyalari va ishbilarmon doiralari ishtirokida uchinchi Hududlararo forum ham boʻlib oʻtadi.