O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Prezidenti “HRL Group” kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Islomobod shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston – Pokiston biznes forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “HRL Group” kompaniyasi raisi Zohid Rafiq bilan uchrashdi.

Kompaniyalar guruhi qurilish, togʻ-kon sanoati va energetika sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik korxonalar sirasiga kiradi.

Oʻzbekiston tajribasini qoʻllagan holda Pokistondagi mis, oltin va oʻta muhim minerallar konlarida birgalikda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish istiqbollari muhokama qilindi.

Mamlakatimiz yetakchisi kompaniya rahbarining Pokiston poytaxtida Imom Buxoriy majmuasi va Samarqandda mehmonxona qurish tashabbuslarini olqishladi.

Dilafro'z Niyazova
Dilafro'z Niyazova

Dilafruz Niyazova 2025-yildan buyon UzDaily jamoasida faoliyat yuritib, nashrning o'zbek tilidagi versiyasi uchun mas'uldir.