O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

UzDaily tahririyati · 07.07.2026 · 20:50 · 28 views
Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

Oʻzbekiston Prezidenti AQShning “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni “BlackRock” kompaniyasi direktorlar kengashi aʼzosi va katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesini qabul qildi.

Uchrashuvda strategik sheriklikni, avvalo, yoqilgʻi-energetika sohasida yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi. Kompaniyaning Oʻzbekistondagi loyihalari faol amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlatimiz rahbari “BlackRock” kompaniyasi bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Xususiylashtirish sohasida sheriklikni kengaytirish, mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, moliya bozorini rivojlantirish, neft-kimyo tarmogʻidagi loyihalarni ilgari surish hamda sunʼiy intellekt texnologiyalariga qoʻshma investitsiya kiritish shular jumlasidan.

“BlackRock” aktivlar va jamgʻarmalarni boshqarish hamda moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashgan yirik investitsiya kompaniyasidir. 2026-yilda kompaniya boshqaruvidagi aktivlar hajmi 14 trillion dollarga yetdi.