O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O'z Ўз Ру En
O‘zbekiston

Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi

Dilafro'z Niyazova · 21.04.2026 · 21:44 · 716 views
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi
Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Qozogʻistonga keldi  

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Ostona shahriga keldi.

Poytaxt aeroportida davlatimiz rahbarini Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston yetakchisi 22-aprel kuni Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischi davlatlari rahbarlari kengashining yigʻilishida ishtirok etadi.