O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

Oʻzbekiston Jahon banki bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

UzDaily · 16.06.2026 · 16:00 · 34 views
Oʻzbekiston Jahon banki bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Oʻzbekiston Jahon banki bilan qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi mintaqaviy boshqaruvchisi Holgar Krey bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida agrar sohada ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda investitsiyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, sohada innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish va xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Uchrashuvning asosiy mavzularidan biri Jahon banki tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “AgriConnect” dasturi bo‘ldi. Mazkur dastur qishloq xo‘jaligida siyosiy, boshqaruv va investitsion qarorlarni qabul qilishda dalillarga asoslangan yondashuvlarni kuchaytirish, ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, monitoring va tahlil jarayonlarini rivojlantirish hamda grant va investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qiladi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning “AgriConnect” dasturi doirasida grant va investitsiya mablag‘larini jalb etish imkoniyatlari, ularni agrar tarmoqning ustuvor yo‘nalishlariga yo‘naltirish mexanizmlari hamda ushbu mablag‘larning samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, istiqboldagi loyiha tashabbuslari, ularning amaliy ijrosi hamda qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladigan investitsiya loyihalari bo‘yicha o‘zaro takliflarni muhokama qildilar. Uchrashuv davomida hamkorlikning yangi yo‘nalishlari va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida “AgriConnect” dasturi doirasidagi hamkorlikni izchil davom ettirish, ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha aniq takliflarni shakllantirish hamda keyingi bosqichdagi ishlarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

UzDaily · 👁 34 views · 16.06.2026 · 16:00