Oʻzbekiston Butunjahon etnosport festivalida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston Butunjahon etnosport festivalida ishtirok etmoqda

Oʻzbekiston Butunjahon etnosport festivalida ishtirok etmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turkiyaning Istanbul shahrida dunyo xalqlarining qadimiy anʼanalari va milliy oʻyinlarini birlashtirgan navbatdagi Butunjahon etnosport festivali boshlandi.

Mazkur nufuzli anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya hamda Paralimpiya qoʻmitalari, shuningdek, mamlakat Etnosport federatsiyasi rahbariyati qatnashmoqda.

Festival doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Butunjahon etnosport konfederatsiyasi rahbari Najmiddin Bilol Erdoʻgʻon bilan muloqot oʻtkazdilar.

Unda xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, milliy qadriyatlar va sport turlarini global miqyosda keng targʻib etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, Gruziya sport vaziri Shalva Gogoladze bilan ham uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbir maydonlarida oʻzbek jang sanʼati va kurash kabi milliy sport turlarimiz boʻyicha mahoratli sportchilarning koʻrgazmali chiqishlari namoyish etilmoqda. Festival ishtirokchilari va xorijlik mehmonlar uchun milliy taomimiz palov tayyorlanib, barchaga tortiq etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling