O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O'zmetkombinat" va TMP hamkorlik memorandumini imzoladilar

UzDaily · 24.03.2026 · 22:45 · 746 views
O'zmetkombinat" va TMP hamkorlik memorandumini imzoladilar
O'zmetkombinat" va TMP hamkorlik memorandumini imzoladilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2026-yil 24-mart kuni Tojikiston Prezidentining O'zbekistonga kutilayotgan davlat tashrifi oldidan "O'zmetkombinat" AJ va Tojikiston temir-po'lat zavodi strategik hamkorlik memorandumini imzoladilar.

Kelishuvga ko‘ra, 2027-yil 3-chorakdan boshlab O‘zmetkombinat 300 ming tonna to‘g‘ridan-to‘g‘ri tiklangan temir (PVJ) xarid qiladi.

Memorondum “O’zmetkombinat” AJ boshqaruv raisi - Bosh direktori Bahodir Abdullayev va Tojikiston tomoni nomidan TMK YoAJ bosh direktori Sharipov tomonidan imzolandi.

Mazkur hamkorlik xomashyo ta’minotini mustahkamlash va ikki davlat o‘rtasidagi sanoat integratsiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.