O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 24.01.2025 · 12:25 · 944 views
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari tayinlandi
«O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Jahongir Ibodullayevich Mustafayev “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining moliya-iqtisodiyot va transformatsiya masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Jahongir Mustafayev “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MCHJ QK bosh direktori lavozimida ishlagan.

Mustafoyev bir necha yillar davomida bank-moliya sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.