O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

“O‘zkimyosanoat” AJ xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirmoqda

Dilafro'z Niyazova · 04.01.2025 · 21:53 · 995 views
“O‘zkimyosanoat” AJ xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirmoqda
“O‘zkimyosanoat” AJ xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni kengaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “O‘zkimyosanoat” AJ ishlab chiqarish jarayonlariga investitsiyalarni jalb etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va o‘zaro manfaatli yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida amaliy harakatlar olib bormoqda. 

Xususan, “Oʼzkimyosanoat” АJ va Xitoyning China Huanqiu Contracting & Engineering Corporation (HQC) kompaniyasi oʼrtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish va yangi loyihalarni yoʼlga qoʼyish yuzasidan muzokaralar oʼtkazildi.

Muloqot chog‘ida “Navoiyazot” AJ negizida ammiak va karbamid ishlab chiqarish loyihasi hamda “Ammofos-maxam” AJda fosfogips chiqindisini qayta ishlash orqali sulfat kislotasini ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Muzokara yakunida mazkur loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan xadli bitimlar imzolandi.