"O‘zkimyosanoat" AJ va CRPT TURON o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

"O‘zkimyosanoat" AJ va CRPT TURON o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

"O‘zkimyosanoat" AJ va CRPT TURON o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "O‘zkimyosanoat" AJ va “CRPT TURON” MChJ o‘rtasida O‘zbekistonda mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari sohasida raqamli markirovkalash tizimini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hujjat Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8-apreldagi 203-son qarori maqsadlarini amalga oshirish uchun imzolangan bo‘lib, tomonlarning sohani raqamli transformatsiya qilishda uzoq muddatli hamkorlikka intilishini mustahkamlaydi.

Memorandumning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

• kontrafaktga qarshi kompleks kurashish va bozorning shaffofligini oshirish;

• Kasbiy tajriba almashish, qo‘shma o‘quv tadbirlari, konferensiyalar va davra suhbatlarini o‘tkazish;

• Raqamli markirovka tizimini rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslarni muvofiqlashtirish va birgalikda amalga oshirish.

Tomonlar agrar-sanoat sektorini raqamli transformatsiya qilish va O‘zbekiston Respublikasida mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yanada muvofiqlashtirish va hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling