O‘zbekistonliklar konkur bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonliklar konkur bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonliklar konkur bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida konkur bo‘yicha Jahon kubogi finalining ikkinchi mintaqaviy saralash bosqichi start oldi. Musobaqaning birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘rtta medal — ikkita oltin va ikkita bronza qo‘lga kiritdi.

125 sm balandlikdagi to‘siqlar yo‘nalishida Alishep Erkinov Cool Dancer laqabli otda ishtirok etib, g‘alaba qozondi.

110 sm toifasida yana bir oltin medalni Ashrafxon Negmatov Orange White laqabli otda qo‘lga kiritdi.

Ushbu toifalarda bronza medallarni Miryokub Ismoilov (125 sm, Just Perfect D‘Amerloo otida) hamda Xumoyun Abdullayev (110 sm, United Touch otida) jamoaga taqdim etdi.

Musobaqalar davom etmoqda va ular konkur bo‘yicha Jahon kubogi finaliga saralash bosqichining bir qismi hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling