O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekistonlik uch nafar bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

UzDaily · 06.09.2025 · 21:28 · 6066 views
O‘zbekistonlik uch nafar bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

O‘zbekistonlik uch nafar bokschi Jahon chempionatida keyingi bosqichga yo‘l oldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Boks bo‘yicha jahon chempionatidagi ikkinchi kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan uch nafar sportchi musobaqaning keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova yangi zelandiyalik Lai-Karlile Alini 5:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etdi. Uning navbatdagi jangini 7 sentyabrda o‘tkazishi belgilangan.

50 kg vaznda Shodiyorjon Meliqo‘ziyev ikkinchi raundda Saudiya Arabistoni vakili Navaf Avajini texnik nokaut bilan to‘xtatdi. U 1/8 finalda, 9 sentyabr kuni avstraliyalik Omer Izaz bilan kuch sinashadi.

90 kg dan yuqori vazn toifasida Jahongir Zakirov ham ishonchli tarzda g‘alaba qozondi. U aljirlik Mourad Kadini hakamlarning yakdil qarori bilan — 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

UzDaily · 👁 6066 views · 06.09.2025 · 21:28