O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekistonlik hakamlar Yevro U-17ga tayinlandi

Dilafro'z Niyazova · 22.05.2026 · 20:55 · 577 views
O‘zbekistonlik hakamlar Yevro U-17ga tayinlandi
O‘zbekistonlik hakamlar Yevro U-17ga tayinlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 25 maydan 7 iyunga qadar Estoniyada 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Yevropa chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistondan hakamlar ham uchrashuvlarni boshqarishga jalb qilindi.

Musobaqa doirasida o‘zbekistonlik hakamlar turnirning hakamlar korpusida faoliyat yuritadi. Asker Najafaliyev uchrashuvlarning bosh hakami etib tayinlangan bo‘lsa, Ruslan Serazitdinov assistent hakam sifatida ish olib boradi.

O‘zbekiston vakillarining yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionati o‘yinlarini boshqarishga jalb qilinishi milliy hakamlik korpusiga xalqaro maydonda bo‘lgan ishonch darajasi oshib borayotganini ko‘rsatadi.