O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Sport

O‘zbekiston–Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

UzDaily · 15.06.2026 · 10:00 · 26 views
O‘zbekiston–Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

O‘zbekiston–Kolumbiya uchrashuvini Entoni Teylor boshqaradi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida O‘zbekiston terma jamoasining ilk o‘yinini angliyalik hakam Entoni Teylor boshqaradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini 18 iyun kuni guruh bosqichida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv Mexiko shahridagi «Mexiko Siti Stedium» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Ushbu o‘yinning bosh hakami etib Angliya vakili Entoni Teylor tayinlandi. Unga hamyurtlari Geri Besuik va Adam Nann yordam beradi.

To‘rtinchi hakam vazifasini Xuan Kalderon bajaradi. Zaxiradagi yordamchi hakam etib esa Xuan Karlos Mora tayinlangan. Ikki rasmiy ham Kosta-Rika vakillari hisoblanadi.

Uchrashuv K guruhi doirasida o‘tkaziladi va o‘zbek futboli uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ladi, chunki O‘zbekiston terma jamoasi ilk bor jahon chempionatining final bosqichida ishtirok etmoqda.

Bahs 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 07:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

UzDaily · 👁 26 views · 15.06.2026 · 10:00