O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonga Iroqning 150 nafar tadbirkoridan iborat delegatsiya keldi

Dilafro'z Niyazova · 13.01.2026 · 13:11 · 1630 views
O‘zbekistonga Iroqning 150 nafar tadbirkoridan iborat delegatsiya keldi
O‘zbekistonga Iroqning 150 nafar tadbirkoridan iborat delegatsiya keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Savdo-sanoat palatasi hamda mamlakatimizning Kuvaytdagi elchixonasi tashabbusi bilan 150 ga yaqin Iroq tadbirkorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga yetib keldi.

Delegatsiya tarkibidan, shuningdek, Iroq Savdo vaziri Asir Dovud Salmon al-G‘urayriy, Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim al-Bag‘dodiy, Investitsiyalar milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin o‘rin olgan.

Tashrif doirasida mazmunli biznes dastur rejalashtirilgan.

Mehmonlar Toshkent va Samarqanddagi biznes-forumlarda ishtirok etishadi, elektrotexnika va oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmalarini ko‘rib chiqishadi, qurilish materiallari va mebel shou-rumlari bilan tanishishadi, shuningdek mamlakat farmatsevtika klasteri bilan ham tanishadilar.

Tashrif tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va iqtisodiyotning ustuvor sohalarida hamkorlikdagi loyihalar imkoniyatlarini muhokama qilish uchun samarali platforma bo‘lishi kutilmoqda.