O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 4,9 milliondan oshdi

UzDaily · 22.06.2026 · 14:50 · 31 views
O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 4,9 milliondan oshdi

O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 4,9 milliondan oshdi

Toshkent, O’zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston fuqarolari shaxsiy mulki hisoblangan avtotransport vositalari soni sezilarli darajada oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy maʼlumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 aprel holatiga respublikada jismoniy shaxslarga tegishli 4 million 903,1 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Shaxsiy avtopark tarkibida mutlaq ustunlik yengil avtomobillarga to‘g‘ri keladi. Ularning umumiy avtotransport vositalari sonidagi ulushi 92,8 foizni tashkil etgan.

Aholining avtomobilizatsiya darajasi yillik hisobda yuqori surʼatlarda o‘sishda davom etmoqda. 2025 yilning shu davriga nisbatan ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari soni 344,6 mingtaga ko‘paygan.

Toifalar kesimida jismoniy shaxslar mulkidagi transport vositalari quyidagicha taqsimlangan.

Yengil avtomobillar soni 4 million 552,3 mingtani tashkil etgan.

Shaxsiy sektordagi yuk avtomobillari soni 330,3 mingtaga yetgan.

Shuningdek, jismoniy shaxslar mulkida 7,5 mingta mikroavtobus, 7,2 mingta maxsus texnika vositasi hamda 5,8 mingta avtobus mavjud.

UzDaily · 👁 31 views · 22.06.2026 · 14:50