O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasi rekord ko‘rsatkichga erishdi

O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasi rekord ko‘rsatkichga erishdi

O‘zbekistonda quyosh va shamol energetikasi rekord ko‘rsatkichga erishdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalarida sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda sohaviy energetika tuzilmalari xabar qildi.

13 may holatiga ko‘ra, mamlakatdagi yirik quyosh va shamol elektr stansiyalari bir sutka davomida jami 62,4 mln kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqargan. Ushbu hajmning 36 mln kVt⋅soati quyosh energetikasi, 26,4 mln kVt⋅soati esa shamol energetikasi hissasiga to‘g‘ri kelgan. Mazkur ko‘rsatkich umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining qariyb 29 foizini tashkil etgan.

Maʼlum qilinishicha, bu natija avvalgi rekorddan 10,4 mln kVt⋅soatga yuqori bo‘lib, taxminan 20 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan.

Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich joriy yilning 28 aprel kuni qayd etilgan bo‘lib, u 52 mln kVt⋅soatni tashkil qilgan.

Gidroelektr stansiyalari hissasi ham qo‘shib hisoblanganda, 13 may kuni soat 12:00 holatiga ko‘ra “yashil” energiyaning umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi ulushi 59 foizga yetgan.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling