O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
Iqtisod

O‘zbekistonda isteʼmolchilar uchun issiq suv hisoblagichlarini proaktiv tekshirish joriy etildi

UzDaily · 03.04.2025 · 11:50 · 672 views
O‘zbekistonda isteʼmolchilar uchun issiq suv hisoblagichlarini proaktiv tekshirish joriy etildi

O‘zbekistonda isteʼmolchilar uchun issiq suv hisoblagichlarini proaktiv tekshirish joriy etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Issiq suv hisoblagichlari davriy qiyoslashdan o‘tkazish taʼminotchi korxonalar zimmasiga yuklandi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Endilikda isteʼmolchilar issiq suv hisoblagichlarini qiyoslash uchun murojaat qilishi shart emas.

Hisoblagichlarni davriy qiyoslash vakolatli organlar tomonidan (proaktiv shaklda) amalga oshiriladi.

Bu o‘zgarish Vazirlar Mahkamasining 847-son qarori (12.12.2024) asosida joriy etildi.

Proaktiv davlat xizmatlarida murojaat talab qilinmaydi, hisoblagichlar avtomatik tarzda qiyoslashdan o‘tkaziladi.

UzDaily · 👁 672 views · 03.04.2025 · 11:50