O‘zbekiston Iqtisod Moliya Texnologiyalar Madaniyat Sport Turizm Dunyo Media OutReach Newswire
O‘zbekiston

O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi bo‘yicha yangi tariflarni joriy etish bir oyga kechiktirildi

Dilafro'z Niyazova · 28.03.2025 · 13:51 · 607 views
O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi bo‘yicha yangi tariflarni joriy etish bir oyga kechiktirildi
O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi bo‘yicha yangi tariflarni joriy etish bir oyga kechiktirildi / Foto: Surat sun'iy intellekti tomonidan yaratilgan.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda taʼminlash, shuningdek, aholi hamda tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga elektr energiyasi va gaz boʻyicha yangi tariflarning kuchga kirish muddatini kechiktirish topshirigʻini berdi.

Yangi tariflar avval rejalashtirilgani kabi 1-apreldan emas, 1-maydan kuchga kiradi.

2024-yil 16-apreldagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga buni nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritiladi.